Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Qashqadaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Bu qutlug‘ zaminda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” mavzusida saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Ta’kidlandiki, bugun mamlakatimizdagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ehtiyojmand oilalarda yashayotgan, ayniqsa, nogiron hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar shaxsan davlat rahbarining doimiy e’tiborida.
Aytish joizki, bugungi kunda viloyatda 1 million 247 ming nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar bor. Shundan, 2 ming nafardan ortig‘i yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Qarorga asosan viloyat hokimining ham 2022 yil 28 yanvarda tegishli qarori qabul qilingan va ushbu qaror ijrosi doirasida viloyat hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilning 1 yanvaridan Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqilgan mehrdaftari.uz onlayn platformasida viloyat hokimligi kotibiyatida va 2 ta shahar va 14 ta tumanda “Mehr daftari” onlayn platformasiga ma’lumotlar kiritib borilmoqda.
“Mehr daftari” jamg‘armasiga hozirgi kunda 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foiz miqdoridagi ajratmalar hisobidan shakllantirilmoqda. bugungi kunga qadar jamg‘armaga 6,7 milliard so‘m mablag‘ kelib tushdi.
[gallery-9978]
Joriy yilda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni platformaga kiritish tartibi
va ushbu daftarni joriy etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi va ushbu daftarni texnik jihatdan kuzatish va muvofiqlashtirish uchun Milliy gvardiyaning bir nafar treneri tayyorlandi.
Test rejimida ishlab turgan onlayn platforma, joriy yilning 1 mayidan to‘liq ishga tushdi va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) sho‘balari tomonidan vasiylikka, homiylikka olingan yetim va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan ehtiyojmand oilalarda yashayotgan bolalarning muammolari o‘rganilib, 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan
1 ming 265 nafar yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar “Mehr daftari” platformasiga kiritildi. Bu jarayon viloyat hokimligi kotibiyati tomonidan qat’iy nazorat olindi.
Mazkur platformaga kiritilgan bolalarga har bir bola uchun Nizom talablari asosida bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobarigacha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mehr daftari platformasiga kiritilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalardan 18 yoshdan oshgan 180 nafarini uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olingan. bugungi kunda viloyatdagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan “Mehr daftari” platformasiga kiritilgan 400 nafardan ortiq bolalarning orzu-istaklari, qiziqishlari, muammolari o‘rganilgan, yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, tuman-shahar hokimlarining qarorlari qabul qilingan.
Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Mehr jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan besh nafar yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarning sog‘ligini tiklash maqsadida 30 million so‘m miqdorida mablag‘ bolalar doimiy davolanib kelayotgan klinikalarga o‘tkazib berildi. O‘rganilgan bolalarning 30 foizdan ko‘prog‘i axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori ekanligi hamda bolalarning kelgusida o‘qishni davom ettirish maqsadi borligini bildirgan.
Shu bois tadbir davomida “Mehr daftari” platformasiga kiritilgan 160 nafar bolalarning o‘z orzu-istaklarini amalga oshirish hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan kompyuter (noutbuk), tikuv mashinalari, televizor va elektropechlar taqdim etildi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.