Hazil qimmatga tushadigan boʻldi
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida yashovchi U.S oʻrtogʻi S.I.ni Nexia-2 rusumli avtomashinasini ochiq holda turganligini koʻrib, oʻrtogʻiga hazil qilgisi keldi.
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida yashovchi U.S oʻrtogʻi S.I.ni Nexia-2 rusumli avtomashinasini ochiq holda turganligini koʻrib, oʻrtogʻiga hazil qilgisi keldi.
U avtomashina kaliti va salonda boʻlgan 650 ming soʻm hamda avtomashina texnik pasporti ichidagi 500 AQSH dollarini oladi. Oʻrtogʻiga avtomashina kaliti va 650 ming soʻm pulini qaytarib berib, 500 AQSH dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.