Harbiylar uchun bayram yarmarkasi
Samarqand shahridagi harbiylar shaharchasida Yangi yil bayrami oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Samarqand shahridagi harbiylar shaharchasida Yangi yil bayrami oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan yarmarkada viloyatdagi fermer xo‘jaliklari, ishlab chiqaruvchilar o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni bozordagidan arzon narxda aholiga taklif etmoqda.
– Bu yerdagi narxlar hamyonbop, bozordan 15-20 foiz arzon, – deydi nafaqadagi harbiy Vladimir Oblaqulov. – Ushbu yarmarkani “Vatanparvar” mahallasi markazida o‘tkazilishi faxriylar uchun ham ancha qulaylik yaratdi. Buning uchun tadbir tashkilotchilariga harbiy xizmatchilar nomidan minnatdorlik bildiraman.
Mazkur oziq-ovqat yarmarkasi 25-26 dekabr kunlari ham davom etadi, deb xabar bermoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.