Harbiylar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday ezgu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar farzandlariga respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun belgilangan imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirlarda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, yoshlar va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr bildirdi.
[gallery-29447]
Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, mazkur tavsiyanomalar yoshlarning kelgusidagi ta’lim yo‘lida muhim rag‘bat va ishonch namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA