Harbiy soha yosh olimlari taqdirlandi (+video)
2025 yilning 10 yanvar kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida Yoshlar akademiyasi tomonidan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Harbiy sohadagi yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari forumi” tashkil etildi. Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillaridan iborat 250 nafarga yaqin yosh olimlar ishtirok etdi.
Bugungi tadbirda Yoshlar akademiyasi a’zolari bo‘lgan harbiy bilim yurti kursantlari va yosh tadqiqotchilari tomonidan Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishga qaratilgan jami 20 dan ortiq ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi va eng sara loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari tomonidan 6 ta innovatsion loyihalar tadbir ishtirokchilariga taqdimot qilindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qWLFwWpH8wg" title="Harbiy soha yosh olimlari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Abror SODIQOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA