Harbiy qismlarga sovg‘alar topshirilmoqda
Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar davom etmoqda.

Bayram munosabati bilan Termiz shahar hokimligi viloyat markazidagi harbiy qismlarga zamonaviy televizor, kompyuter va boshqa axborot-kommunikatsiya jihozlarini sovg‘a qildi.
– Keng ekranli yangi televizor muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarimizni yurtimizda yuz berayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishtirishga yanada qulay imkoniyat yaratdi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qism komandiri, podpolkovnik D.Sodiqov. –Kompyuter, faks va boshqa jihozlar ish faoliyatimiz samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Xalqimizning osoyishta turmushi va to‘kin hayotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida Mudofaa vazirligi va DXX Chegara qo‘shinlarining Termiz shahridagi harbiy qismlariga ham xuddi shunday bayram tuhfalari topshirildi.