Harbiy islohotlar yangi bosqichda (+video)
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida harbiy islohotlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda, xususan 2026-yilga kelib, armiyani raqamlashtirish, proaktiv mudofaa tizimini yaratish va mahalliy harbiy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida tub burilishlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan muhim tarixiy qarorlar muddatli harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini yanada oshirib, Milliy armiyamizni yoshlar uchun chinakam “Hayot maktabiga” aylantiradi.
Ta’kidlash joizki, mudofaa tizimiga munosib harbiy vatanparvarlarni tarbiyalab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi 100 yildan ziyod shonli tarixga ega.
Keyingi yillarda harbiy ta’lim tizimini jahon standartlari darajasiga olib chiqish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yangicha yondashuv va o‘quv uslublari joriy etildi.
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti uchun yuqori bilimli, malakali va intellektual salohiyatli, vatanparvar kadrlar zaxirasi shakllanadi.
Muhayyo Turdaliyeva, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA