Har bir yosh bittadan ko‘chat o‘tkazmoqda...
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Sirdaryo tumanining barcha 38 ta mahallasida “Biz yaxshilik zanjirining birimiz!” shiori ostida 2 kunlik umumxalq hashari boshlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Sirdaryo tumanining barcha 38 ta mahallasida “Biz yaxshilik zanjirining birimiz!” shiori ostida 2 kunlik umumxalq hashari boshlangani haqida xabar bergan edik.
Sirdaryo tumanida erta tongdan ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan hasharda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan hasharchilar faol ishtirok etib, ko‘p qavatli uy-joylar atrofi, ko‘cha va yo‘laklarni tozalamoqda. Sport inshootlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari atrofi saranjom–sarishta etilib, obodonlashtirilayotir.
Tumandagi barcha 4 ta sektorda hashar ishlari qizg‘in davom etmoqda.
– 1-sektor hududidagi Adolat mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi barcha keksayu yosh erta tongdan hasharda faol ishtirok etmoqda, – deydi Adolat MFY raisi Gulnora Hoshimova. Mahallamizdagi 1 ming 300 xonadondagi 1 ming 500 oilada 5 ming 600 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. 1 ta maktab, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud. Mahallamizdan 1 ming 500 kishi, tuman yoshlar ittifoqi tomonidan 550 nafar yoshlar o‘z ixtiyorlari bilan hasharga kelgan. Har bir yosh 1 donadan ko‘chat ekayapti. 6 kilometr latok va ariqlar tozalanyapti, Tanovar hamda Muruvvat ko‘chasiga shag‘al to‘kilib, tekislanmoqda. Mahallamizdagi 42-umumta’lim maktabida kuchlanishi past bo‘lgan transformator o‘rniga 100 kVt quvvatiga ega yangi transformator o‘rnatilib, 400 metr havo tarmoqlari tortildi. Har bir xonadondagi, maktab va bog‘chalardagi daraxtlar bo‘talanib, taglari oqlanmoqda. Bundan tashqari, mahalladagi qabristonda ham keng qamrovli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tumanda hashar ishlari qizg‘in davom etmoqda.