Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak (+video)
Tabiat sofligi eng dolzarb masalaga aylandi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, global isish tabiiy muvozanatga va odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt ko‘chatlari ekish an’anasi jonlandi. “Yashil makon” loyihasida shaharlar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, xususan, ularning atrofida “yashil belbog‘” yaratish rejalashtirilgan. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak.
Hozirda yirik sanoat korxonalari va chiqindi poligonlari atrofiga ham daraxtlar ekilib, “yashil belbog‘”lar tashkil qilinmoqda.
Xo‘sh, chiqindi poligonlari atrofida daraxtzorlar tashkil etishning ahamiyati nimada?
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi mutaxassisi Behruz Sodiqov bu boradagi ishlar xususida gapirib berdi
Intervyuning to‘liq shaklini mazkur havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4Jg7_EzMTeU?si=GaNG9_0mSjBB0Gi1" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA