Haqiqiy bahoni mushtariy beradi
FOTOREPORTAJ
Har yili an’anaga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab “Ishonch” kunlari” o‘tkaziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa gazetxonlarning fikri bilan o‘rtoqlashish, ularni taklifini eshitish, qolaversa, mushtariylar gazeta sahifalarida nimalarni o‘qishni istaydi, ularni qaysi mavzular ko‘proq qiziqtirishini bilishdir. Chunonchi, gazetaga haqiqiy bahoni mushtariy beradi.
Shu maqsadda Farg‘onada “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari ijodiy jamoasining gazetxonlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda kasaba uyushma faollari va gazeta mushtariylari bilan yuzma-yuz muloqot qilindi.
[gallery-19815]
Bugun respublikamizda yetakchi nashrga aylangan “Ishonch” gazetasi o‘zining rang-barang sahifalari orqali mushtariylarga manzur bo‘lib kelmoqda. O‘ziga xos dizayniga ega gazetada tahliliy va tanqidiy maqolalarga keng o‘rin berilgan. Bu esa mushtariylarning gazetaga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA