Hamyurtlarimiz U-20 Osiyo kubogi saralash uchrashuvida ishlaydi
Bu haqida UzFHM xabar berdi.
O‘zbekistonlik hakamlar 2027-yilgi U-20 Osiyo kubogi saralash bahslaridan birini boshqaradigan bo‘ldi.
3-sentyabr kuni Yaman va Quvayt U-20 terma jamoalari o‘rtasida kechadigan uchrashuvda Akobirxo‘ja Shukrullayev bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Unga qanot hakami sifatida Sanjar Shoyusupov ko‘maklashadi.
Mazkur uchrashuv Kambodjada o‘tkazilayotgan saralashning G guruhidagi 2-tur doirasida bo‘lib o‘tadi.