“Hamma o‘qishi kerak bo‘lgan 100 kitob” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarning bo‘sh vaqtlari va yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida “Hamma o‘qishi kerak bo‘lgan 100 kitob” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning dam olish vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.

Mazkur oliy o‘quv yurtining Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari, ilmiy-ommabop asarlar, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy va shaxsiy hayotga oid kitoblar keng namoyish etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar kitoblarning mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni o‘qish uchun tavsiyalar olishdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri