Hamkorlikdagi rejalar belgilab olindi
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi referenti A.Vlasov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi hamda i A.I. Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridag filiali mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Filialga 2021-2022 o‘quv yilida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 81 ta davlat byudjeti va 324 ta davlat shartnomasi asosida qabul kvotasi belgilanligi va bugungi kunda “Inson psixologiyasi”, “Maktabgacha ta’lim” va “Lingvistika” (Rus tilini o‘qitish metodikasi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha konkurs yuqori ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish bilan bog‘liq va o‘quv yili davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida kelishib olindi.

Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilalayotgan “Mittivoy” («Malыsh») loyihasi doirasida Respublikada bajarilayotgan, xususan, loyihani amalga oshirish uchun pedagogika kollejlari huzurida 14 ta maydoncha tashkil etilganligi, 14 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinganligi qayd etildi.
Mohigul Qosimova, O‘zA