Hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Notarial palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda tinglovchilarda kasbiy faoliyat uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida tomonlar ta’lim, ilm-fan va amaliyot yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikdagi tadbir va loyihalarni amalga oshirish hamda yuridik kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.


Hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi sohada qonunchilikni takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash va sohada zamonaviy yondashuvlarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
O‘zA