Hamitov Mubin Xabibjonovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida
“Mehmonxona xo‘jaligida servis faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida
Hamitov Mubin Xabibjonovichning “Mehmonxona xo‘jaligida servis faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ((PhD) dissertatsiyasining himoyasi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.02.2022.I.18.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 17-noyabr soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 9-uy. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Tel.: (998 66) 233-19-84.
e-mail: sies_info@edu.uz