Halima Xudoyberdieva ijodi yangi talqinda
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdievaning 5 tomlik saylanmasi turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida tartiblanmoqda.

Shoiraning Saylanmadan o‘rin olgan benazir bitiklarini o‘qir ekansiz, tuyg‘ularning rangi va tovushinigina emas, balki qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan darajada moddiylashganini his etasiz va bu inja tuyg‘ular sizning ham ko‘ngil mulkingizga aylanib qolishi hech shubhasiz.
Saylanmaning I, II, III, IV jildlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Mazkur kitoblarning V jildi nashr jarayonida.