Haj safariga bepul yo‘llanma
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 100 nafar yurtdoshimizga Haj safariga bepul yo‘llanma topshirildi. Ularning orasida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda hurmat qozonib, muborak safar baxtiga muyassar bo‘lgan 3 nafar qoraqalpog‘istonlik ham bor.
Nukus xalqaro aeroportida “Prezident hojisi” degan yuksak e’tiborga ega bo‘lgan ziyoratchilar Haj amallarini bajarishi uchun kuzatib qo‘yildi. Ziyoratchilar davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibori, nuroniylar va yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari uchun minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi uchun duo qilishdi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, halol mehnat va vatanparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.