Haftalik sport musobaqalari bilan boşlandi
Samarqand viloyatida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” tadbirlari boşlandi.
Viloyat hokimligi hamda Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi viloyat bölimi hamkorligida ötkazilayotgan haftalik tadbirlar doirasida “Hamjihatlik, döstlik va sport – taraqqiyot poydevori!” şiori ostida fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda ularning faol aʼzolari örtasidagi sport musobaqalari taşkil etildi.

Mini futbol, şaxmat va şaşka sport turlari böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda viloyatdagi davlat, jamoat va diniy taşkilotlar vakillari faol iştirok etib, özaro döstlik va hamjihatlik muhitini namoyon etdilar.
Jumladan, mini futbol bellaşuvlarida Özbekiston Karlar jamiyati viloyat bölimi birinçi örinni, viloyat adliya boşqarmasi vakillari ikkinçi va “Vatanparvar” taşkiloti viloyat kengaşi jamoasi uçinçi örinni egalladi. Yakunda ğolib va sovrindorlar taşkilotçilarning qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandilar.

Haftalik davomida viloyatdagi taʼlim muassasalari, mahallalar, mehnat jamoalarida nodavlat notijorat taşkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, jamoat taşkilotlari faollari iştirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uçraşuvlar, nogironligi bölgan şaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarka savdosini ötkaziş, “Özbekiston – yagona uyimiz” fotosuratlari körgazmasi va konsert dasturini namoyiş etiş rejalaştirilgan.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri