Gvardiola Rodriga «Barselona»ga o‘tishni maslahat berdi
30 yoshli futbolchi dastlab Madridning «Real» klubiga o‘tishni istagan va tomonlar kelishuvga juda yaqin bo‘lgan. Biroq keyinchalik Rodri fikrini o‘zgartirib, «Barselona» variantini tanlagan.
Xosep Gvardiola «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodriga faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni maslahat berdi.
Jurnalist Migel Blaskes ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi dastlab Madridning «Real» klubiga o‘tishni istagan va tomonlar kelishuvga juda yaqin bo‘lgan. Biroq keyinchalik Rodri fikrini o‘zgartirib, «Barselona» variantini tanlagan.
Manbaga ko‘ra, bu qarorga Gvardiolaning aralashuvi ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Mutaxassis shu hafta Rodri bilan telefon orqali gaplashib, uni «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgan.
Gvardiola Rodri bilan 2019-yildan 2026-yilgacha «Manchester Siti»da birga ishlagan. Mutaxassis o‘tgan mavsum yakunida klubni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2008–2012-yillarda «Barselona» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.