Gultuvakdagi “kanop“oʻsimligi
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga koʻra, joriy yilning 9-may kuni soat 13:40 larda Buxoro viloyati va Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga koʻra, joriy yilning 9-may kuni soat 13:40 larda Buxoro viloyati va Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir natijasida Buxoro shahrida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.Z oʻzining koʻp qavatli uydagi kvartirasida giyohvandlik oʻsimligini yetishtirayotganligi aniqlangan.
Fuqaro Sh.Z yashash uyida 2 dona sariq va 1 dona jigar rangli plastmassa gultuvaklarda hamda bir dona tepa qismi qirqilgan suv idishi (baklashka)da tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan 4 tup “kanop” oʻsimligini ekib, parvarishlab kelayotgani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Z.ga nisbatan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.