Gulnora Masaguddinova: “Bugun 27 yillik orzuim ushaldi”
Gulnora Masaguddinova Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashaydi. Fuqaroligi bo‘lmaganligi sababli garchi O‘zbekistonda yashasada yurtimizda yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalana olmas, bo‘lib o‘tadigan saylovlarda biror marta ishtirok etmagan. U 2020 yilda O‘zbekiston fuqarosi pasportini oldi. Bugun uning quvonchi bir olam. Erta tongdan o‘z hududidagi 209-saylov uchastkasiga borib saylovchi sifatida birinchi marta ovoz berdi.
– Bugun men juda baxtiyorman, – deydi G.Masaguddinova. – Boisi, men ham boshqa yurtdoshlarim singari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etib, o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim. Bu mening kelajagimga, yurtim ertasi uchun qo‘shgan birinchi hissam.
Abduvali Bo‘riyev,
O‘zA