Gulinigor Avazova: "O‘zbekiston cheksiz imkoniyatlar mamlakati!" (+video)
O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy kun – xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir.
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida Respublika bo‘ylab "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan g‘oya ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi ushbu bayram arafasida Davlat mukofoti bilan taqdirlangan iqtidorli yoshlar faoliyatini yoritishni niyat qildi.
"Faxringman, Vatan!" loyihasining ilk qahramoni ham shoira ham davlat xizmatchisi Gulinigor Avazova bugungi lavhamizda o‘z faoliyati va ijodi bilan bo‘lishdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9L_gO_Oqn8Q?si=UUdNEOKOZK4dMXXR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA