Gukeş va Sindarov şaxmat tarixida 140 yillik rekord örnatadi
Gukeş mazkur bahsda amaldagi jahon çempioni sifatida öz unvonini himoya qiladi.
Şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun ötkaziladigan navbatdagi matç 140 yillik tarixda yangi rekord bilan yodda qolişi kutilmoqda. Bu safar dunyoning eng nufuzli şaxmat unvoni uçun hali 21 yoşga tölmagan ikki grossmeyster bahs olib boradi.
24-noyabr kuni Şveytsariyaning Jeneva şahrida özbekistonlik Javohir Sindarov va hindistonlik Dommaraju Gukeş örtasidagi jahon çempionligi matçi boşlanadi. E’tiborlisi, dastlabki partiya ötkaziladigan kunda har ikkala şaxmatçi ham 20 yoşda böladi.
FIDE ma’lumotlariga köra, 1886-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan klassik şaxmat böyiça jahon çempionligi matçlarida bunçalik yoş ikki raqib hali özaro töqnaş kelmagan.
Gukeş mazkur bahsda amaldagi jahon çempioni sifatida öz unvonini himoya qiladi. Sindarov esa Nomzodlar turniridagi ğalabasi orqali çempionlik uçun kuraşiş huquqini qölga kiritgan.
Şu tariqa, Jenevadagi qarama-qarşilik natijasidan qat’i nazar, şaxmat tarixiga jahon çempionligi uçun eng yoş iki grossmeyster örtasida ötkazilgan matç sifatida kiradi.