Gruziya migratsiya qonunchiligini kuchaytirmoqda
Gruziya Ichki ishlar vazirligi migratsiya nazoratini kuchaytirish va milliy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tuzatishlar paketini tayyorladi.
Asosiy o‘zgarishlar yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolikni olish maqsadida uyushtirilgan soxta nikohlar uchun jazolarni joriy etishni o‘z ichiga oladi. Ushbu qonunlarni buzgan xorijliklar jarimaga tortilishi, deportatsiya qilinishi, mamlakat hududiga kirishi taqiqlanishi va ayrim hollarda hibsga olinishi yoki qamoq jazosiga hukm qilinishi ham mumkin.
Shuningdek, tuzatishlar chet ellik talabalar ustidan nazoratni kuchaytirish, qo‘shimcha qabul talablarini joriy qilish va Gruziya fuqarolarining turmush o‘rtoqlari uchun yashash bo‘yicha ruxsatnoma berishdagi talablarni kuchaytirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mamlakat Ichki ishlar vazirligi migratsiya departamenti noqonuniy muhojirlarni aniqlash va qonun buzilishining oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan vakolatlarga ega bo‘ladi.
S.Rahimov, O‘zA