Gretsiyada muhojirlar hibsga olinishlarini soʻrashmoqda
Oʻnlab eronlik va iroqlik muhojirlar Gretsiyaning Saloniki shahridagi lagerlardan birini vayron qilishdi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.
Oʻnlab eronlik va iroqlik muhojirlar Gretsiyaning Saloniki shahridagi lagerlardan birini vayron qilishdi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Muhojirlar bu xatti-harakatlari orqali politsiya tomonidan hibsga olinishlariga va shu orqali siyosiy qochoq maqomini olish imkonini beradigan hujjatlarning taqdim etilishiga umid qilmoqda. Ushbu hujjat muhojirlarga mamlakat hududi boʻylab erkin harakatlanish imkonini beradi.
Bunday vaziyat Saloniki shahridagi muhojirlar uchun ajratilgan lagerlarda boshpana yetishmasligi bilan bogʻliq muammolar ortidan kelib chiqqan.
Gretsiya hukumatining maʼlum qilishicha, hozirgi kunda qochoqlarni roʻyxatdan oʻtkazish markazlarida joy tanqisligi kuzatilmoqda. Yangi lagerlarni qurish ishlarining toʻxtab qolishiga mablagʻ yetishmasligi sabab sifatida koʻrsatilmoqda.