G‘o‘zaning “Surxon-107” navi yaratildi
Ma’lumki, dunyoda eng sifatli paxta tolasi Gossypium barbadense L. turiga mansub navlarda uchraydi. Misr paxtalari ham aynan shu turga kiradi. Biroq, bunday navlarning asosiy kamchiligi — kechpisharligi, uzoq vegetatsiya davri va kasalliklarga nisbatan zaifligidir. Bu esa ularni yetishtirish imkoniyatini cheklab keladi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi olimlari ushbu muammuoga ham ilmiy yechim topdi.
Markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari Viktor Avtonomov va Abror Qurbonov boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning yangi, yuqorida ta’kidlangan muammuolarga yechim bo‘luvchi tola uzunligi 41-42 mm bo‘lgan “Surxon-107” navi yaratildi. Ushbu ilmiy ishlanma Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA