G‘o‘za qator oralariga zira ekish tajribasi o‘rganilmoqda (+video)
G‘o‘za qator oralariga zira ekish tajribasi Xorazm viloyatida yaxshi samara berdi. Bu amaliyot davom etadimi? Soha mutaxassisidan bu borada aniq javob oldik.
Respublikamiz aholisi soni yildan-yilga o‘sib bormoqda. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ilm bilan amaliyotni uyg‘un holda olib borib, har qarich yerdan unumli foydalanish va mo‘l hosil yetishtirish masalasini kun tartibiga qo‘yadi.
Jumladan, Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida ilk bor zirani g‘o‘za orasiga ekilishi ham ana shu maqsadlarga qaratilgandir. Xo‘sh, bu tajribani boshqa viloyatlarda ham qo‘llasa bo‘ladimi? G‘o‘za hosiliga ushbu o‘simlik salbiy ta’sir ko‘rsatmadimi? Bir yilda qancha hosil olish mumkin? Ushbu savollarga Respublika urug‘chilik markazi bo‘lim boshlig‘i Sherali Mansurovdan javob oldik.
- Aytingchi g‘o‘za oralariga zira ekish qanchalik samarali?
- Barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham katta yangiliklar, innovatsion texnologiyalar joriy etib borilyapti. Bu yil tajriba-sinov tariqasida respublikamizda 1.5 ming gektar maydonda zira o‘simligi g‘o‘za qator oralariga ekildi. Ya’ni, Hindistondan keltirilgan yuqori avlodli zira urug‘i yerga qadalib, dastlabki hosilni yig‘ishtirib olish ishlari amalga oshirilyapti. Kuni kecha Xorazm viloyatida bo‘ldik. Yangibozor tumanida g‘o‘za qator oralariga ekilgan zira maydonlari hosildorligini ko‘rsatdi. Yuqori sifatli zira mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. G‘o‘za qator oralariga ekilgan hosildan gektariga o‘rtacha 500 kilogramm olishga erishildi. Bu agrotexnik tadbirlarga ham bog‘lik.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/qbT_uANYaQk" title="G‘o‘za qator oralariga zira ekish tajribasi o‘rganilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA