Go‘sht arzonlashadimi?
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi o‘sib boryapti. Bu chorvachilik rivoji va rentabelligi bilan bog‘liq, albatta. Shunday paytda bu masalani yecha olgan tajribani o‘rganish va qo‘llash muhimdir.
Farg‘ona viloyatida bepoyon yaylovlar yo‘q. Har qarich yer xisobli. Xo‘sh, ozuqa bazasidan samarali foydalanish, go‘sht yetishtirishda tannarxni arzonlashtirish uchun nimalar qilish lozim?
Viloyat rahbariyati tabiiy sharoiti o‘xshash Germaniya Federativ Respublikasi tajribasiga murojaat qildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning chorvachilik sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biri – “Schaumann GmbH” kompaniyasi vakili Klaus-Peter Vyurtsberg bilan uchrashdi.

Muloqotda chorvachilik, xususan, naslli qoramolchilikni rivojlantirish, yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish, zamonaviy oziqlantirish texnologiyalarini joriy etish, sohada ilmiy yondashuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xo‘sh, Germaniya tajribasini qo‘llash go‘sht narxiga ta’sir qila oladimi? Buni, albatta, vaqt ko‘rsatadi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA