G‘oliblar va faol ishtirokchilar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Angor tumani markaziy stadionida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar festivali” doirasida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-7585]
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi ijodkorlari, iste’dodli san’atkorlar tomonidan diltortar kuy-qo‘shiq, go‘zal raqslar ijro etildi. Ayniqsa, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari dasturga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbirda festival doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA