G‘olib jamoa aniqlandi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.


Musobaqa yakunida birinchi o‘rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, ikkinchi o‘rin Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, uchinchi o‘rin Nukus davlat texnika universiteti jamoalariga nasib etdi.
G‘olib Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi mamlakatimiz bosqichiga yo‘llanma oldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.