Global e’tirof: O‘zbekistonning suv sohasidagi yutuqlari BMT Forumida taqdim etildi
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori darajadagi Forumida ishtirok etmoqda.
2026-yilda O‘zbekiston, Xitoy, San-Tome va Prinsipi BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-ko‘rsatkichi bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan mamlakatlari e’tirof etildi.
O‘zbekistonda suv stress ko‘rsatkichi 2017-yildagi 169 foizdan 2022 yilda 122 foizgacha pasayib, 47 ta punktga kamaygan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev Forumda so‘zga chiqib, Forum ishtirokchilarini O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning 6-maqsadi bo‘yicha erishilgan natijalar bilan tanishtirdi.
Forumda O‘zbekistonda suv xo‘jaligi sohasidagi institutsional va huquqiy islohotlar, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv xo‘jaligini raqamlashtirish hamda O‘zbekiston mintaqaviy suv diplomatiyasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’ruza qilindi.
O‘zA