G‘iyosiddin Boysung‘ur Mirzoning hayoti, siyosiy va harbiy faoliyati va Hirotda shakllangan ilmiy-madaniy muhit (Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari asosida)
Nilufar Ibragim qizi ABDULLAEVA mustaqil izlanuvchi Termiz davlat universiteti Termiz, O‘zbekiston
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Ushbu maqolada Temuriylar renessansining yirik namoyandasi G‘iyosiddin Boysung‘ur Mirzoning hayoti, siyosiy va harbiy faoliyati hamda Hirotda shakllangan o‘ziga xos ilmiy-madaniy muhit tahlil qilingan. Boysung‘ur Mirzoning kitobat san’ati, ilmiy matnshunoslik va tarixnavislik maktablariga asos solishdagi xizmatlari manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, turkiy adib Yusuf Amiriy va uning “Dahnoma” asarining Boysung‘ur Mirzo saroyidagi adabiy muhit bilan bog‘liqligi, asarning mazkur hukmdorga bag‘ishlanishining tarixiy-adabiy omillari ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: Temuriylar renessansi, Boysung‘ur Mirzo, Yusuf Amiriy, “Dahnoma”, Hirot miniatyura maktabi, matnshunoslik, “Shohnomayi Boysung‘uriy”, Hofizi Abru, madaniyat homiyligi.