G‘ijduvonliklar referendumda faol qatnashmoqda
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov oila a’zolari bilan 548-referendum uchastkasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” gi qonunida belgilangan talablar asosida ovoz berdi.

Ertalab soat 8:00. Tumandagi 88 ta referendum uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangragan holda ovoz berish jarayonlari boshlandi.
G‘ijduvonliklar o‘zlarining konstitutsion huquqlaridan foydalanib, mamlakat kelajagi uchun ovoz bermoqda.

Ma’lumot uchun, G‘ijduvon tumanidagi 88 ta referendum uchastkalarida jami bo‘lib 172 ming 472 nafar ovoz beruvchilar mavjud bo‘lib, soat 9:00 ga qadar 19 ming 350 nafar fuqarolar ovoz berdi.
Zarif Komilov, O‘zA