Germaniyada namoyişçilar va politsiya töqnaşdi
Germaniyada hukumatning majburiy harbiy xizmat rejasi va ijtimoiy xarajat qisqartirilişiga qarşi namoyiş çoği politsiya va olomon örtasida töqnaşuv yuzaga keldi.
Germaniyada "Z avlod tartibga soladi” – “Gen Z regelt" yoşlar taşabbusi çaqiriği bilan köplab şaharlarda Boş vazir Fridrix Mersga, hukumatning majburiy harbiy rejasi, ijtimoiy xarajat qisqarişi, irqçilik va iqlim siyosatiga qarşi namoyiş bölib ötdi.
Mahalliy matbuotda eʼlon qilingan xabarlarga köra, Leypsig şahrida 2 500 ga yaqin odam töplangan.
Bir guruh norozilar şahar janubiga qarab yurgan. Ular yölida çiqindi idişlarini ağdargan, muşak yoqib, politsiyaçilar ustiga irğitgan.
A.Mamatov, ÖzA