Germaniya yoshlari orasida kitobxonlik ommalashyapti
Mamlakat kitob savdosi uyushmasi hisobotiga ko‘ra, Germaniyada yosh avlod kitob uchun ko‘proq pul sarflay boshlagan. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Nemis o‘g‘il-qizlari adabiyot sotib olishga mablag‘ ajratishi 2019-2023 yillari 13-15 yosh qatlami kesimida 65, 16-19 yoshlilar orasida 77 foiz oshgan.
Bu ma’lumot jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan “Bock auf Buch!” (Men o‘qimoqchiman!) tadqiqoti natijasida shakllantirilgan.
E’tiborli joyi shundaki, kitob bozorida aynan yosh xaridorlar ulushi ortmoqda. 2023 yil avvalgi mavsumga qaraganda ikki million nafar ko‘proq o‘smir kitob sotib olgan. Germaniya o‘smirlari orasida o‘qish madaniyati tahlili jins va yoshga ko‘ra sezilarli farq mavjudligini ko‘rsatgan. O‘g‘il bolalarning atigi to‘qqiz foiziga nisbatan sezilarli ijobiy farq o‘laroq, har beshinchi qizdan biri har kuni kitob o‘qirkan. Umuman qo‘liga kitob olmaydiganlar ulushi qizlar o‘rtasida 12, o‘g‘il bolalarda esa salkam 25 foizga yetadi.