Germaniya milliy terma jamoasi himoyachisi Niklas Zyule mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
"Borussiya"ga o‘tishdan oldin Zyule "Bavariya" safida o‘ynagan, 6-yil oldin Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan
"Borussiya" Dortmund jamoasida to‘p tepayotgan Zyule 18-aprel kuni "Xoffenxaym"ga qarshi o‘yinda (1:2) yiqilib tushgan va jarohati tufayli almashtirilgandi.
Futbolchi so‘nggi yillarda muntazam ravishda jarohatlardan aziyat chekib keldi, bu esa uning juda erta yoshda butsalarini mixga ilishiga sabab bo‘lmoqda - u atigi 30 yoshda.
"Borussiya"ga o‘tishdan oldin Zyule "Bavariya" safida o‘ynagan, 6-yil oldin Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u Myunxen jamoasi bilan besh marta Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan. U bu mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.