Germaniya Eron havo yoʻllari samolyotlarini mamlakatga kirishini taqiqladi
Germaniya Eronning “Mahan Air” kompaniyasiga tegishli samolyotlarni mamlakatdagi faoliyatini kafolatlovchi shartnomani bekor qilgan. Bunga, Eron “Mahan Air” samolyotlaridan harbiy maqsadlardan foydalanayotgani sabab qilib keltirilgan.
Germaniya Eronning “Mahan Air” kompaniyasiga tegishli samolyotlarni mamlakatdagi faoliyatini kafolatlovchi shartnomani bekor qilgan. Bunga, Eron “Mahan Air” samolyotlaridan harbiy maqsadlardan foydalanayotgani sabab qilib keltirilgan.Shuningdek, Germaniya hukumati manbasi, dushanba kuni Reyter agentligiga bergan intervyusida, “Mahan Air” Suriyadagi fuqarolar urushida Bashir al-Asadni qoʻllab-quvvatlashda ayblangan.
Manbaning aytishicha ushbu chora Eronga nisbatan umumiy sanksiyalar boʻyicha qoʻllanilmayapti.
Sentyabr oyida AQSHning Berlindagi elchisi Richard Grenel Germaniyada faoliyat yuritishni davom ettiradigan havo yoʻllariga oʻz eʼtirozlarini yoʻllagan edi. “Mahan Air Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash uchun Suriyaga muntazam ravishda qurol-aslaha etkazib berdi“, deya fikr bildirgan elchixona matbuot-relizida.