Germaniya bo‘ylab norozilik namoyishi
Dushanba kuni Germaniya bo‘ylab “Last Generation” guruhining norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishchilar talabi – 2030 yilga borib qazib olinadigan yonilg‘idan voz kechish va avtomobil trassasida eng yuыori tezlikni 100 km/soatga kamaytirish, deb yozgan “Euronews”.
Politsiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, namoyish 33 joyda uyushtirilgan. Qurshovning oldini olish va g‘alayon kuchayib ketmasligi uchun 500 nafar politsiya xodimi kun bo‘yi ko‘chada navbatchilik qilgan. Berlinda faollardan biri yo‘lning o‘tish qismiga o‘zini yopishtirdi. OAV yozishicha, politsiyaga iqlim faolini ozod qilish uchun bir soat davomida drel va lomdan foydalanishga to‘g‘ri kelgan. Shundan so‘ng qo‘liga yo‘l qoplamasi bo‘lagi yopishib qolgan erkakni yo‘l chetiga olib chiqishdi.