“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihasi qabul qilindi
Qonun loyihasi palataning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutov tomonidan o‘qib eshittirildi.
“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri) loyihasi 12 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Qonun loyihasi palataning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi Respublikaning iqtisodiyot tarmoqlari uchun geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratilishi, sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan foydalanishda hamda sohaga raqamli texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish orqali yangi bosqichga olib chiqishi, tizim faoliyatini amalga oshirishda materiallar va ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlanishi hamda foydalanuvchilarga ma’lumotlar yetkazilshini soddalashtirilishi, shuningdek, qonun loyihasida havolaki bandlar chiqarilishi orqali tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanishida qulay sharoit yaratilishini tartibga soladi.
Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.