G‘azoda halok bo‘lganlar 43 mingdan oshdi
O‘tgan yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektoriga berilgan zarbalar natijasida 43 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi mahalliy sog‘liqni saqlash idorasi.
– Isroilning G‘azodagi harakati qurbonlari soni 2023 yil oktyabr oyidan beri 43 020 nafarga yetdi, – deyilgan ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan hisobotda. – 101 110 kishi jarohatlangan. Isroil harbiylari so‘nggi 48 soat ichida sektorda xonadonlarga besh marta hujum uyushtirdi. Natijada 96 nafar inson halok bo‘ldi, yaralangan 277 kishi kasalxonaga yetkazildi.