G‘azoda 7 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi
Isroilning qamaldagi G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida qurbon bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni yetti nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati xabar bergan.
Isroilning 7 oktyabrdan buyon uyushtirgan hujumi natijasida 7 nafar OAV xodimi hayotdan ko‘z yumdi, 10 nafari jarohatlandi. Yana ikki jurnalistning taqdiri noma’lum, deydi rasmiylar.
Qayd etilishicha, Isroil tomonidan G‘azo o‘qqa tutilishi chog‘ida 40 ta OAV idorasi vayron qilingan.
G‘azo sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari seshanba kuni Isroil hujumi tufayli halok bo‘lgan falastinliklar 770, yaradorlar qariyb 4000 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi hujumlarda mamlakat fuqarolaridan kamida 900 kishi halok bo‘lgan, 2600 dan ziyod odam jarohatlangan.