Gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani mavsum bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishini oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda.
“Hudud gaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali Toshloq tumani gaz ta’minoti bo‘limi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 33 mingdan ziyod aholiga tabiiy gaz va suyultirilgan gaz yetkazib beradi. Hududdagi 32 ming 740 xonadon suyultirilgan gazga moslashtirilgan bo‘lib, 25 ming 498 xonadon esa Toshloq tumani gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan shartnoma asosida gaz balloni bilan o‘z vaqtida ta’minlab kelinmoqda.
[gallery-354]
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tumandagi 205 ta gaz taqsimlash qurilmasi soha mutaxassislari tomonidan ta’mirlandi. Bundan tashqari sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi muassasalarini ham isitish mavsumiga sifatli holda tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA