Gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi
Buxoro viloyati Kogon tumanida 3 ming 180 nafar iste’molchi suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanadi. O‘tgan bir oy davomida 2 ming 150 dona maishiy gaz ballonlari o‘z egalariga yetkazib berilgan. Joriy yilning bugungi kuniga qadar esa 415 tonna suyultirilgan gaz tarqatildi.
Soha xodimlari “Bahouddin Naqshband” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Po‘lotchi” qishlog‘ida bo‘lib, iste’molchilarga belgilangan reja-grafikka muvofiq 94 dona maishiy gaz ballonlarni tarqatdi.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida 318 nafar suyultirilgan gaz iste’molchisi yashaydi.

– Gaz ballonlarimizni 30-35 kunga bormay yetkazib berishadi, – deydi “Bahouddin Naqshband” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Zulfiya Tabibova. – Bugun bizga berilgan qulaylik mushkulimizni oson qildi. To‘lovlarni maxsus kartalarda to‘laymiz. Hech qanday muammo yoki tushunmovchiliklar bo‘lgani yo‘q. Xodimlar faoliyatidan minnatdormiz. Agar qandaydir kamchiliklar bo‘lsa o‘z vaqtida bartaraf etishadi.
Gaz ballonlarini tarqatish davomida soha xodimlari undan xavfsiz foydalanish, o‘rnatilish qoidalariga rioya etish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar bermoqda.
Zarif Komilov, O‘zA