Gaz ta’minoti xodimlari “Zakovat”da bahslashdi
FOTOREPORTAJ
“Zakovat” intellektual o‘yinlari barcha yoshlar uchun qiziqarli va aqlni charxlash uchun xizmat qiladigan ajoyib o‘yinlardan biridir.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali rahbariyati hamda filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Intellektual o‘yinda “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali va shahar, tumangaz ta’minoti bo‘limlaridan 13 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
“Namangan shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi jamoasi birinchi, “Namangan tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ikkinchi, “Mingbuloq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-17435]
G‘oliblarga “tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA