Gavi: «Messi o‘ynar ekan, Argentina dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lib qolaveradi»
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi bo‘lajak jahon chempionatining asosiy favoriti kim ekanligini aytdi.
21 yoshli futbolchi mundialga amaldagi g‘olib sifatida tashrif buyuradigan Argentina terma jamoasini alohida e’tirof etdi.
«Argentina terma jamoasi — asosiy favorit, chunki ular amaldagi chempion hisoblanadi. Leo Messi esa hamon dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib qolmoqda. U o‘ynar ekan, Argentina eng zo‘ri bo‘lib qolaveradi», — deya Gavining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.