Gavanada tabiiy ofat: qurbonlar bor
Kuba poytaxti Gavanada kuchli tornado kuzatildi
Kuba poytaxti Gavanada kuchli tornado kuzatildi
Moya-planeta.ru xabariga koʻra, tornado Gavana boʻylab turli vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi. Yuzlab uylarga ziyon keltirdi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, kuchli shamol koʻchalarda avtomobillarni uchirgan. Tabiiy ofatda 4 nafar odam nobud boʻlgan hamda 200 nafardan ortiq kishi turli darajada jarohatlangan.
Toʻfon shaharning koʻpgina hududlarida elektr taʼminotidan uzilib qolishiga sabab boʻldi. Koʻplab korxona va tashkilotlarda ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.