G‘arbiy Bengaliyada siyosiy yetakchi otib ketildi
Yakshanba kuni noma’lum shaxslar Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengal shtatida Butun Hindiston trinamol kongressi partiyasi yetakchisi Sathyan Choudhurini otib o‘ldirdi. Bu haqda mamlakatning axborot nashri “Nam News Network” xabar bermoqda.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, S.Choudhuri Murshidoboddagi Butun Hindiston trinamol kongressi partiyasining bosh kotibi bo‘lgan.
U G‘arbiy Bengaliya poytaxti Kalkuttadan 199 km shimolda joylashgan Murshidobod tumanida otib o‘ldirilgan.
Politsiya vakilining aytishicha, mototsikldagi bir guruh erkaklar 65 yoshli S.Choudhuriga yaqin masofadan o‘q uzgan. Siyosiy yetakchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, biroq yetib kelganida vafot etgani ma’lum qilingan.
Politsiya allaqachon jinoiy ish ochgan va qotillik bo‘yicha tergov harakatlari boshlagan.