Ganada yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi
Ganada yo‘lovchi avtobusining yonilg‘i tashuvchi tanker bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, baxtsiz hodisa Ashanti ma’muriy hududida sodir bo‘lgan. Avtobusda diniy tadbirdan qaytayotgan yo‘lovchilar bo‘lgan.

To‘qnashuv mamlakatning asosiy magistrallaridan biri Akkra-Kumasida sodir bo‘lgan. Achinarlisi, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.
M.Pirmatova, O‘zA