G‘alla rejasi 20 kunda bajarildi
Bag‘dodlik dehqonlar bugun 23-iyun kuni g‘alla topshirish shartnomaviy rejasini viloyatda birinchilar qatorida bajarishdi.
Tumanda jami 7 400 gektar maydonda g‘alla parvarishlanib, 22 800 tonna don topshirish belgilangan edi. O‘rim-yig‘im ishlari yuqori tashkilotchilikda olib borildi. Natijada hosil o‘z vaqtida o‘rib olinib, qabul maskanlariga yetkazildi.

Mavsum davomida “A. Madaminov”, “Xayrun Samarun”, “Bog‘i Eram Bag‘dod”, “Poyqadam Bag‘dod”, “Buoyshaxon Qunduzova”, “Yashil vodiy paxtazori”, “Shirinjon Bag‘dod” fermer xo‘jaliklari har gektardan o‘rtacha 90-100 sentnerdan hosil olishga erishdilar.


Ayni paytda boshoqli don hosili yig‘ib-terib olingan maydonlarga takroriy ekin ekish ishlari davom etyapti.
Muhammadjon Obidov, O‘zA