G‘alla o‘rim-yig‘imiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda
FOTOREPORTAJ
Joriy yilda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 6950 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.
G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini samarali va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 31 ta maxsus otryadlar tashkil etildi hamda ularga 31 ta g‘alla o‘rish kombaynlari, 155 ta don tashish mashinalari biriktirildi. Kombaynchilar va otryad a’zolari uchun qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma shiyponlar tashkil etildi.
[gallery-23204]
O‘rim mavsumiga tayyorgarlik doirasida bo‘lib o‘tgan seminarda tuman hokimligi hamda sohaning tegishli mutasaddilari, IIB, FVB vakillari ishtirok etdi.
Mavjud texnikalar viloyat Ishchi guruhi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA